Rossiya bug‘doy eksportini 6 oyga taqiqladi
Olam
−
23 noyabr 2023
6480Rossiya hukumati un mahsulotlari narxini barqarorlashtirish maqsadida 2023 yil 1 dekabrdan 2024 yil 31 mayga qadar bug‘doy eksportini taqiqladi. Bu haqda "Rosbalt" xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, mamlakat hududidan qattiq bug‘doy eksportini vaqtincha taqiqlash bo‘yicha yig‘ilish bayonnomasi Bosh vazir o‘rinbosari Andrey Belousov tomonidan tasdiqlangan.
"Bo‘g‘doy unidan tayyorlangan mahsulotlar narxini barqarorlashtirish uchun o‘rnatilayotgan yangi tartib joriy yilning 1-dekabridan 2024-yilning 31-mayigacha amalda bo‘ladi. Bundan tashqari, ayni paytda Rossiyadan 24 million tonna g‘alla eksport qilish kvotasi ham belgilab qo‘yilgan", deyiladi xabarda.
Avvalroq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiyadan qattiq bug‘doy olib chiqishni 6 oy muddatga taqiqlashni taklif qilgandi. Shuningdek, vazirlik Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga arpa, makkajo‘xori va javdar sotish uchun kvotalar joriy etish kerakligini aytgan.
LiveBarchasi