Rossiya Bosh vaziri bugun O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2024
6241Bugun, 9 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
"Joriy yilning 9-10 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi", deydi u.
Bildirilishicha, tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa ob’ektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov Mishustin rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelayotgani, hozir ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar