Rossiya Bosh prokurori Shimoliy Koreyaga bordi

Olam

image

Rossiya Bosh prokurori Igor Krasnov Pxenyanga bordi. Bu Rossiya Bosh prokurorining KXDRga ikki davlat nazorat organlari hamkorligi tarixidagi ilk tashrifidir. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Bildirilishicha, Rossiya delegatsiyasi rahbarini Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Markaziy prokuraturasi rahbariyati vakillari kutib olgan.

Bir kun avval esa Rossiya Mudofaa vazirligining nazorat agentligi va Harbiy universiteti vakillari Pxenyanda Rossiya prokuraturasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qigan.

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi poytaxtida Igor Krasnov mavqedoshi bilan uchrashadi va boshqa rasmiylar bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qiladi. Shuningdek, Rossiya Bosh prokuraturasi va KXDR Markaziy prokuraturasi o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi va yangilangan hamkorlik shartnomasi imzolanishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya Pxen'yan Igor Krasnov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing