Rossiya Bolonya jarayonidan chiqdi

Olam

image

Rossiyaning barcha ta’lim tashkilotlari Bolonya ta’lim jarayonidan chetlashtirildi. Bu Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasev bugun, 6 iyun kuni Federatsiya Kengashining Fan, ta’lim va madaniyat qo‘mitasining “Rossiya Federatsiyasida oliy ta’lim tizimini zamonaviy sharoitlarda rivojlantirish” mavzusidagi kengaytirilgan yig‘ilishida so‘z ochdi. 

Afanasevning eslatishicha, joriy yilning 11 aprel kuni Bolonya guruhi Rossiya va Belarusning Bolonya jarayonining barcha tuzilmalarida vakolatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni e’lon qilgan. 

“Darhaqiqat, rektorlarimiz, ta’lim tashkilotlari rahbarlari Rossiya rektorlar ittifoqining maxsus operatsiya munosabati bilan (Ukrainaga nisbatan harbiy harakatlar – tahr.) Prezidentni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi murojaatiga imzo chekkanidan so‘ng, mamlakatning barcha ta’lim tashkilotlari Bolonya jarayonidan chetlashtirildi”, deydi 

Eslatib o‘tamiz, joriy oy boshida Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko ham Rossiyaning Bolnya tizimidan chiqishini ochiqlagan edi. 

“Bolonya jarayonini tark etish yoki qolish masalasi, menimcha, o‘z o‘rniga ega va o‘zini oqladi. Menimcha, biz chiqishimiz kerak. Ammo bu endi biz hamma narsani yer bilan bitta qilishimiz kerak degani emas – hech qachon. Endi his-tuyg‘ularga berilish va paydo bo‘lgan ba’zi tendensiyalarga javob berish mumkin emas”, degan edi u. 

Bolonya jarayoni

Ma’lumot uchun, Bolonya jarayoni Yevropa davlatlari o‘rtasida oliy ta’lim malakalari standartlari va sifatini solishtirishni ta’minlashga qaratilgan vazirlar darajasidagi bir qator uchrashuvlar va kelishuvlardir. 

Bolonya jarayoni 1999 yilda 29 Yevropa davlatlari ta’lim vazirlari Bolonya deklaratsiyasini imzolagan Bolonya universiteti nomi bilan atalgan. Bu jarayon Lissabonni tan olish to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq Yevropa oliy ta’lim hududini yaratdi. Jarayonning rasmiy boshlanish sanasi Bolonya deklaratsiyasi imzolangan 1999 yil 19 iyun sanasi hisoblanadi. 

Bu jarayon Yevropa Kengashining Yevropa Madaniy Konvensiyasi doirasida boshqa davlatlar uchun ham ochilgan. Bolonya jarayoni doirasidagi hukumat majlislari Praga (2001), Berlin (2003), Bergen (2005), London (2007), Leven (2009), Budapesht-Vena (2010), Buxarest (2012), Yerevanda (2015), Parij (2018) va Rim (2020)da bo‘lib o‘tgan.

Bugungi kunga qadar jarayon Yevropa Kengashining Yevropa madaniyat konvensiyasini (1954) ratifikatsiya qilgan 49 davlatdan 48 ta ishtirokchi davlatni o‘z ichiga oladi. Bolonya jarayoni boshqa davlatlar uchun ham ochiq.

Rossiya Bolonya jarayoniga 2003 yil sentyabr oyida Yevropa ta’lim vazirlarining Berlindagi yig‘ilishida qo‘shildi. 

2005 yilda Ukraina ta’lim vaziri Bergenda Bolonya deklaratsiyasini imzoladi. 

2010 yilda Budapeshtda Qozog‘istonning Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilindi. 

Qozog‘iston Yevropa ta’lim makonining to‘laqonli a’zosi sifatida tan olingan birinchi Markaziy Osiyo davlatidir. 

Possovet Rossiyasida "Bolonya jarayoni" doirasida amalga oshirilgan ta’lim tizimidagi islohotlar o‘zlarining konseptual asoslari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasida G‘arb mamlakatlaridagi ta’lim tizimlariga o‘xshash ta’lim tizimini qurishga qaratilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing