Rossiya bolgariyalik diplomatlarni ham haydadi

Olam

image

Rossiya Bolgariyaning Moskvadagi elchixonasida ishlovchi bir qator xodimlarni persona non grata (istalmagan shaxs) deb e’lon qildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Bolgariyaning Moskvadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Atanas Kristin Rossiya diplomatik missiyasiga taklif qilingan va u yerda unga vazirlik tomonidan xodimlarni persona non grata deb e’lon qilish notasi topshirilgan.

Unga ko‘ra, ushbu qaror 10 nafar rossiyalik diplomatni Bolgariyadan chiqarib yuborilishiga javob sifatida qabul qilingan. Biroq mamlakatdan chiqarib yuborilayotgan bolgariyalik diplomatlar soni haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, Rossiya o‘z xodimlarining Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakolatxonasidan chiqarib yuborilishiga javoban YeIning Moskvadagi delegatsiyasidan 18 nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilgandi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil boshidan buyon xorijiy davlatlar 400 dan ortiq turli darajadagi rossiyalik diplomatik xodimlar chiqarib yuborilganini e’lon qildi. Uch oydan sal ko‘proq vaqt ichida davlatlar so‘nggi 17 yildagi jami ko‘rsatkichdan ko‘proq rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubordi. Xususan, 2004 yildan 2021 yilgacha 364 kishi xorijiy davlatlardan chiqarib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing