Rossiya BMTning yetakchi tashkilotidan chiqishini e’lon qildi

Olam

image

Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turizm Tashkilotidan chiqishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 27 aprel kuni mamlakatning Madriddagi elchisi Yuriy Korchagin tashkilotning navbatdan tashqari Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Yuriy Korchaginga ko‘ra, Rossiya rahbariyati va ayrim a’zo davlatlar uning faoliyatini siyosiylashtirishni ma’qullayotgan va Rossiya Federatsiyasiga nisbatan kamsitishni ochiq qo‘llab-quvvatlayotgan tashkilotda ishlashni davom ettirishni maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi.

“Rossiya Federatsiyasi UNWTO a’zoligidan chiqishga qaror qildi”, deydi u.

Uning ta’kidlashicha, tashkilot monopolashgan. 

“Biz UNWTO aslida undan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanayotgan bir qator a’zo davlatlar tomonidan monopollashtirilganini aytishga majburmiz. Rossiyaga qarshi ommaviy tashviqot, shantaj va a’zo davlatlarga bosim o‘tkazish yo‘li bilan UNWTO Rossiyaning a’zoligini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni ilgari surmoqda, biz buni tashkilotning faol a’zosini qo‘pol ravishda jazolash uchun noqonuniy va siyosiy maqsadli qadam deb bilamiz”, deydi diplomatik missiya rahbari.

BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning aytishicha, Rossiyaning UNWTO’dagi a’zoligi to‘xtatilishi tizim faoliyati uchun zararli namuna yaratishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Jahon Turizm Tashkiloti 157 ta davlat, olti hudud, ikkita doimiy kuzatuvchi va 500 dan ortiq a’zolardan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

505

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing