Rossiya besh davlat fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qildi

Olam

image

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Prezident Vladimir Putinning topshirig‘iga binoan Afg‘onistondagi rossiyaliklarni evakuatsiya qilishi haqida xabar bergan edik.

Rossiya Mudofaa vazirligining Afg‘onistondan fuqarolarni evakuatsiya qilgan samolyoti Moskva viloyatiga qo‘ndi. Ammo unda faqatgina rossiyaliklar emas, balki Armaniston, Belarus, Ukraina va Afg‘oniston fuqarolari ham evakuatsiya qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Afg‘onistondan olib kelingan odamlar koronavirusga qarshi nazoratdan o‘tkazilgan. Qobulga 108 tonna gumanitar yordam olib borgan Il-76 samolyotida besh davlatning 205 nafar fuqarosi qaytarilgan.

Ma’lumot uchun, Putinning topshirig‘iga ko‘ra, Mudofaa vazirligi 380 kishini evakuatsiya qilishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing