Rossiya Belarusdagi yadro qurolidan ruxsatimsiz foydalanmaydi – Lukashenko
Olam
−
24 Oktabr
3096Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya hech qachon Belarusda mavjud bo‘lgan yadro qurolidan Respublika rahbariyatining roziligisiz foydalanmasligini aytdi. Bu haqda u BBC jurnalisti Stiven Rozenbergga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Putin hech qachon Belarus hududida joylashgan qurollarni mamlakat rahbarining roziligisiz ishlatmaydi. Men sizga qurol qanday ishlatilishini aytmayman, lekin men quyidagilarni aytishim mumkin: ularni mening ruxsatimsiz ishlatish mumkin emas. Biroq, agar Belarusga kerak bo‘lsa, ulardan foydalanamiz”, degan Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar gap yadro quroli haqida ketsa, hatto Belarus o‘zini himoya qilishi yoki kimgadir hujum qilishi kerak bo‘lganda, respublika Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan doimo maslahatlashib ish tutadi.
Lukashenko yadro quroli qo‘rqinchli narsa emasligi, balki kuchli to‘xtatuvchi vosita ekanini, kerak bo‘lsa, undan foydalanishga tayyorligini aytdi.
“Biz hech kimga hujum qilmoqchi emasmiz. Lekin mabodo, biron-bir askar chegarani kesib o‘tsa ham, biz bu qurolni ishlatamiz”, degan u.
Jurnalist undan Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiya bilan birga jang qilish uchun qo‘shin yuborgani haqidagi da’volarga izoh berishni so‘raganida, u quyidagicha javob qaytargan:
“Putinning fe’l-atvorini bilaman, u hech qachon boshqa davlat armiyasini Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi” uchun yuborishga ko‘ndirishga urinmaydi”.
BBC'ning Rossiyadagi muharriri Stiven Rozenberg, shuningdek, Lukashenkoga Putin undan Kremlning Ukrainadagi urushi uchun Belarus qo‘shinlarini berishni so‘ragan yoki so‘ramaganligi haqida savol bilan yuzlandi.
“Na Putin, na Rossiyaning sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu va na amaldagi Mudofaa vaziri Andrey Belousov bu masalani hech qachon ko‘tarmagan”, degan Lukashenko.
Jurnalist esa Belarus Rossiya urushida ishtirok etgani, 2022 yilning fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bostirib kirishi qisman Belarus hududidan boshlanganini eslatgan. U nega Lukashenko mamlakat hududidan foydalanish uchun Kremlga ruxsat berganligi haqida so‘raganida, u bu faktlarni rad etgan.
Ma’lumot uchun, Lukashenko 30 yildan beri hokimiyat tepasida turgan dunyo yetakchilari sirasiga kiradi. U saylovlarni o‘g‘irlash, yangicha dunyoqarashni yo‘qotish va demokratiyani parchalashda ayblangan. Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va AQSH uni Belarusning qonuniy rahbari sifatida tan olmaydi.
Yadro quroliga kelsak, SSSR qulaganidan so‘ng, Belarus o‘zining yadroviy arsenalidan voz kechdi va 1993 yilda yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga yadroviy bo‘lmagan davlat sifatida qo‘shildi. Respublika hududidan to‘liq yadro qurollari 1996 yil noyabr oyida olib chiqilgan.
Biroq 2023 yilning mart oyida Vladimir Putin Rossiya taktik yadro qurolini Belarus hududida joylashtirish rejalarini e’lon qildi va buni Amerikaning Yevropa mamlakatlarida shunga o‘xshash qurollarni joylashtirish siyosati bilan izohladi. Birinchi yadroviy zaryadlar o‘sha yilning iyun oyi o‘rtalarida respublikaga yetkazib berildi.
2024 yilning yoz fasli boshida Belarus harbiylari strategik bo‘lmagan yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko NATO mamlakatlari Belarusga hujum qilishga qaror qilsa, Minsk Rossiya bilan tuzilgan shartnoma asosida mamlakatda joylashtirilgan yadro qurolidan foydalanishini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yadro doktrinasini o‘zgartirish haqidagi so‘nggi nutqida Belarus o‘zini himoya qilish uchun yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini tasdiqlagan.
LiveBarchasi