Rossiya-Belarus mashg‘ulotlari NATO va Ukraina harakatlari fonida zarur – Lukashenko
Olam
−
03 fevral 2022
4860Rossiya Federatsiyasi va Belarus harbiylari tomonidan Respublika janubida o‘tkazilayotgan qo‘shma mashg‘ulotlar NATO va Ukraina o‘zini qanday tutayotgani fonida muhim ahamiyatga ega. Bu haqda Belarus Respublikasi fuqarosi Aleksandr Lukashenko Minskda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Bu biz uchun juda muhim, chunki bu yerda bo‘ladigan deyarli barcha texnikalarni biz sizdan bu yil, keyingi yil va undan keyin sotib olishni rejalashtirmoqdamiz. Bu biz uchun juda muhim”, degan Lukashenko.
U mashg‘ulotlar davomida Rossiyadan Belarusga ko‘plab jihozlar, jumladan, zamonaviy jihozlar ko‘chirilayotganiga e’tibor qaratgan.
“Harbiylarimiz ushbu texnikani nafaqat rasmda ko‘rishlari, balki ular aytganidek, his qilishlari ham biz uchun juda muhim. Ruslar – birodarlari bilan birgalikda bu jihozlardan foydalanishni o‘rganishadi”, deydi Lukashenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyadan harbiylarni mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun joylashtirish tez orada yakunlanadi.
“Biz mashshg‘ulotlar o‘tkazyapmiz, milliy iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligiga xalaqit bermasligi uchun ushbu mashg‘ulotlar vaqtini tanlashga ham kelishib oldik. Keyin esa Belarus janubida yirik mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bu mavzuni ikki marta muhokama qildik. Biz doimo g‘oyalarni takomillashtirib bordik. Bizda Rossiya Federatsiyasidan qo‘shinlarni qayta joylashtirishga juda oz vaqt qoldi”, degan Lukashenko.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, vazifa Ukraina bilan chegarani mustahkamlashdan ham iborat.
“Yashirmayman. Bugun, afsuski, biz janubiy yo‘nalishni ochmoqdamiz. Bundan uzoqlashishning iloji yo‘q. Biz Ukraina bilan chegarani mustahkamlashga majburmiz”, deydi Lukashenko.
LiveBarchasi