Rossiya “Azovstal”da qamal qilgan 500 kishi evakuatsiya qilindi – Guterrish

Olam

image

Ukrainaning Mariupol shahridagi “Azovstal” zavodidan Rossiya qo‘shinlari tomonidan bloklab qo‘yilgan 500 ga yaqin odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining qo‘shma operatsiyasi davomida Mariupoldagi “Azovstal” zavodi va unga tutash hududlardan 500 ga yaqin odam xavfsizlikni ta’minlagan holda evakuatsiya qilindi”, deydi Guterrish.

Shuningdek, BMT rahbari Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muvofiqlashtirishning davom etishi tinch aholining blokada qilingan hududdan xavfsiz chiqib ketishi uchun “gumanitar pauzalar” sonini oshirishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 aprel kuni tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi (DXR) xalq militsiyasining harbiy guruhlari Mariupoldagi “Azovstal” zavodi hududiga hujum boshlagandi. 

Keyinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Azovstal”ga hujumni to‘xtatishni va uni qurshab olishni buyurgandi. Biroq shundan keyin ham zavodga hujumlar amalga oshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing