Rossiya aviakompaniyalari reyslarni amalga oshirishdan voz kechmoqda
Olam
−
09 aprel 2022
14619Avvalroq, Rossiya 52 davlat bilan pandemiya davrida parvozlar uchun kiritgan cheklovlarni bekor qilgan holda aviaqatnovlarni tiklayotgani haqida xabar bergan edik. Biroq, hozirda birorta ham aviakompaniya Yevropa Ittifoqi va AQSH sanksiyalari tufayli reyslarni amalga oshirishni istamayapti. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, birorta ham Rossiya aviakompaniyasi havo qatnovi uchun ochilayotgan mamlakatlarga reyslarni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini e’lon qilmagan.
Hozirda Yevropa Ittifoqi va AQSH sanksiyalari fonida aviakompaniyalar uchun xalqaro reyslarni ochish ham qiyin, chunki ular xorijiy aeroportlarda samolyotlarni hibsga olish xavfi tufayli parvoz dasturlarini sezilarli darajada qisqartirishga majbur bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Hukumat 4 aprel kuni Jazoir, Argentina, Afg‘oniston, Bahrayn, Bosniya va Gersegovina, Botsvana, Braziliya, Venesuela, Vetnam, Gonkong, Misr, Zimbabve, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Iroq, Keniya, Xitoy, Shimoliy Koreya, Kosta-Rika, Quvayt, Livan, Lesoto, Mavrikiy, Madagaskar, Malayziya, Maldiv orollari, Marokash, Mozambik, Moldova, Mongoliya, Myanma, Namibiya, Ummon, Pokiston, Peru, Saudiya Arabistoni, Seyshel orollari, Serbiya, Suriya, Tailand, Tanzaniya, Tunis, Turkiya, Urugvay, Fiji, Filippin, Shri-Lanka, Efiopiya, Janubiy Afrika va Yamayka bilan 9 apreldan muntazam va charter reyslaridagi cheklovlarni butunlay olib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15