Rossiya armiyasi har kuni ukrainaliklarni o‘ldirmoqda – Yarmolenko

Sport

image

Ukrainalik futbolchi Andrey Yarmolenko kecha, 13 mart kuni "Vest-Xem" safida "Aston Villa"ga (2-1) qarshi o‘yinda  gol urgach, hissiyotlarini jilovlay olmadi. Ukrainalik futbolchi Rossiya armiyasi vataniga bostirib kirganidan keyin birinchi bor gol urdi va uning golini yig‘i aralash nishonlashi butun dunyoni larzaga keltirdi.

Yarmolenkoga ko‘ra, Ukrainadagi vaziyat tufayli goldan so‘ng his-tuyg‘uga berilgan. U Rossiya armiyasi har kuni ukrainaliklarnio‘ldirayotganini va bunday vaziyatda futbol haqida o‘ylash qiyin ekanini ta’kidlagan.

“Mamlakatimdagi vaziyat tufayli bu gol men uchun juda hissiyotli edi. Hozirda futbol haqida o‘ylash men uchun juda qiyin, chunki Rossiya armiyasi har kuni ukrainaliklarni o‘ldirmoqda. To‘g‘risini aytsam, nima deyishni bilmayman. Men juda ham hayajondaman. Jamoadoshlarim, "Vest-Xem" muxlislari va barcha britaniyaliklarga rahmat aytmoqchiman, chunki biz sizning qo‘llab-quvvatlashingizni his qilyapmiz”, degan “Vest-Xem” yarimhimoyachisi.

Andreyning qo‘shimcha qilishicha, 26 fevraldan buyon “Vest-Xem”ning mashg‘ulotlariga deyarli qatnashmagan. Asosiy vaqtini xalqi va oilasi haqida qayg‘urish bilan o‘tkazganini aytgan.

“Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini his etdim va maydonda borimni berishga harakat qildim, chunki bugungi o‘yin biz uchun qanchalik muhimligini bilardim. Men futbol o‘ynashga 100 foiz tayyor emasman, chunki oxirgi ikki haftada uch yoki to‘rt marta mashg‘ulot o‘tkazdim. 26 fevraldan beri mashg‘ulot o‘tkazishning iloji bo‘lmagani uchun to‘rt kun dam olishga majbur bo‘ldim. Men faqat oilam va xalqim haqida o‘ylardim”, degan Yarmolenko “Sky Sports” nashriga bergan intervyusida

Ma’lumot o‘rinida, “Vest-Xem” 2021-2022 yilgi mavsumda Angliya Premer ligasida 29 ta o‘yindan so‘ng, 48 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalida 6-o‘rinda qayd etilgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing