Rossiya AQSHning Suriyaga yo‘llagan aviazarbasiga munosabat bildirdi

Olam

image

Kreml AQSH Damashq tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriyadagi Eronparast militsiya bilan bog‘liq binoga bergan havo hujumi atrofidagi vaziyatni “juda diqqat bilan” kuzatmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

“Biz vaziyatni juda diqqat bilan kuzatmoqdamiz va suriyalik hamkasblarimiz bilan aloqadamiz”, deydi Peskov.

Shu bilan birga, AQSH Rossiyani aviazarba haqida xabardor qilganmi yoki yo‘qmi degan savolga, Peskov bu jihat haqida izoh berolmasligini aytdi.

“Men bu savolga javob berolmayman, chunki aloqalar harbiy xizmat orqali o‘tkazilmoqda”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Jo Baydenning buyrug‘i bilan AQSH Suriyaga havo hujumi uyushtirgani haqida xabar berilgandi .

Keyinchalik Pentagon rahbari Suriyaga berilgan aviazarba tafsilotlarini oshkor qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing