Rossiya AQSHning “biqin”iga qo‘shin joylashtiradimi? Peskov javob berdi
Olam
−
17 yanvar 2022
17877Kreml Rossiya xavfsizligini ta’minlash uchun turli ssenariylarni ko‘rib chiqmoqda, biroq Estoniyaning NATO qo‘shinlarini joylashtirish haqidagi so‘rovi mamlakat xavotirlari o‘rinsiz emasligini tasdiqlaydi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Albatta, hozirgi vaziyat sharoitida Rossiya o‘z xavfsizligini qanday ta’minlash haqida o‘ylayapti, turli ssenariylarni ham ko‘rib chiqyapmiz”, degan davlat rahbarining vakili jurnalistlarning Lotin Amerikasi mamlakatlarida Rossiyaning harbiy infratuzilmasini joylashtirish imkoniyati haqidagi savoliga javob berar ekan.
Peskov, shuningdek, gap mustaqil davlatlar haqida ketayotganiga e’tibor qaratdi, buni unutmaslik kerak.
“Estoniyaning so‘rovi bizning xavotirlarimiz asosli ekanligidan dalolatdir. Va bu biz keskinlikning kuchayishiga sababchi emasligimizdan dalolatdir”, deya qo‘shimcha qildi Peskov Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflariga yozma javobni shakllantirishiga umid bildirib.
Eslatib o‘tamiz, G‘arb siyosatchilari so‘nggi oylarda Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘plaganini da’vo qilmoqda. Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Qurolli kuchlar davlat hududida harakatlanmoqda — bu hech kimga tahdid solmaydi va hech kimni xavotirga tushirmasligi kerak. Moskvaga ko‘ra, “Rossiya agressiyasi” haqidagi bayonotlar chegara hududlarida NATO kontingentlarini to‘plash uchun bahona sifatida foydalanilmoqda.
Bir necha kun avval Oq Uy Matbuot kotibi Jen Psaki Rossiya qachon Ukraina hududiga bostirib kirishi haqida ma’lum qilgan edi. Unga qo‘ra, Moskva joriy yil yanvar-fevral oylarida hujum qilishni ko‘zlamoqda.
“Biz Rossiya hukumati bosqinga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xavotirdamiz. Biz buni avval ham ko‘rganmiz va bu bizni 2014 yilga, jumladan, Ukrainani mamlakat sharqidagi Rossiya kuchlariga qarshi hujumlar uyushtirishda ayblash uchun sabotaj va axborot operatsiyalariga qaytaradi. Rossiya harbiy rejalari yanvar va fevral o‘rtalarida boshlanishi mumkin bo‘lgan harbiy bosqindan bir necha hafta oldin bunday faoliyatni boshlashdan iborat”, degan Psaki.
Bunga javoban Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Oq uyning Ukrainaga bosqin uyushtirish vaqti haqidagi bayonotini soxta va axborot bosimi deya atagan.
LiveBarchasi