Rossiya AQSHdan Lavrovga viza berishni talab qildi
Olam
−
18 avgust 2022
13939Rossiyaning AQSHdagi elchixonasi Oq uy va Davlat departamentidan mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiya delegatsiyasining barcha a’zolariga sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida qatnashish uchun viza berishni talab qildi. Bu haqda Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov “Rossiya-24” telekanali efirida aytib o‘tgan.
“Elchixona Oq uyga, Davlat departamentiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti shtab-kvartirasi hududida joylashgan davlat majburiyatlarini bajarish, vazir va Rossiya delegatsiyasining barcha a’zolariga zudlik bilan vizalar berish talabi bilan murojaat qilgan”, deydi u.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiya tomoniga ishchi safarlarida, jumladan, BMT bo‘yicha bir necha bor qiyinchiliklar tug‘dirgan.
Antonov Davlat departamentiga tashrifi chog‘ida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Bosh Assambleyaning 77-sessiyasidagi barcha tadbirlarda to‘liq ishtirok etishi masalasini ko‘tarish niyatida ekanligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, 25 fevral kuni AQSH Lavrovga qarshi sanksiyalar kiritgan. Rossiya TIV rahbari AQSHga kirishi mumkin emas.
LiveBarchasi