Rossiya AQSHdagi saylovlar oldidan troll va botlarni faollashtirmoqda – NYT

Olam

image

Amerikalik tadqiqotchilar AQSHning oraliq saylovlariga ta’sir o‘tkazish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga putur etkazishga qaratilgan bir qator rus axborot operatsiyalarini aniqladi. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar bermoqda.

Recorded Future kiberxavfsizlik guruhi Graphika va Mandiant  ijtimoiy media tadqiqot kompaniyalari bilan birgalikda Gab, Parler va Getter kabi platformalar yordamida bir qancha rus kampaniyalarini fosh qilgan.

Nashrning qayd etishicha, bu kompaniyalar 2016 yilgi prezidentlik poygasi vaqtida kuzatilganlarga nisbatan ancha oddiy ko‘lamga ega.

Biroq, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ularni kam zarar beradi deb bo‘lmaydi. Chunki ular Rossiya o‘z maqsadlariga erishishda yordam beradigan taklif qiluvchi foydalanuvchilarga ta’sir qiladi.

“Botlar va trollar avvalgidek konservativ saylovchilarning g‘azabini qo‘zg‘atish va Amerika saylov tizimiga bo‘lgan ishonchga putur yetkazishni maqsad qilgan”, deyiladi nashr xabarida.

Ma’lumot uchun, AQSHda oraliq saylovlar 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ular AQSH Kongressi Vakillar palatasining barcha 435 a’zosini va Senat a’zolarining uchdan bir qismini saylaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing