Rossiya AQSH diplomatlariga “chiqish eshiklarini ko‘rsatdi”
Olam
−
24 mart 2022
17110AQSHning Rossiyadagi elchixonasiga mamlakatda persona non grata (istalmagan shaxs) deb topilgan amerikalik diplomatlar ro‘yxati keltirilgan nota topshirildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.
Amerika tomoni, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning har qanday dushmanlik harakatlariga “qat’iy va adekvat javob” berilishi haqida ogohlantirilgan.
“23 mart kuni TIVga chaqirilgan AQSHning Moskvadagi diplomatik missiyasining yuqori martabali diplomatiga Vashington tomonidan Rossiyaning BMTdagi (Nyu-Yorkda joylashgan) doimiy vakolatxonasi diplomatlari, shuningdek, BMT Kotibiyatining rossiyalik xodimi mamlakatdan chiqarib yuborilishiga javoban persona non grata deb e’lon qilingan amerikalik diplomatlar ro‘yxati bilan nota topshirildi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Moskva nechta amerikalik diplomatni haydagani haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH mart oyi boshida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasining 12 nafar xodimiga mamlakatni tark etishni buyurgandi.
LiveBarchasi