Rossiya Afrikani dollarga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi

Olam

image

Rossiya dollar kursini zaiflashtirish uchun Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Zaxarovaning aytishicha, AQSH dollardan “o‘z tajovuzkorligini ro‘yobga chiqarish uchun” foydalanmoqda va o‘z manfaatlari uchun kurashyapti.

“Biz amalda monopol to‘lov vositasi va zaxira valyutasi sifatida AQSH dollarini zaiflashtirish ustida ishlash zarur deb hisoblaymiz”, deydi u.

Joriy yilning mart oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tashqi siyosatni rejalashtirish departamenti direktori Aleksey Drobinin dollarni “ishonch qog‘ozi” deb atab, G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari natijasida unga nisbatan ishonch yo‘qolganini aytgandi.

"Amerika hukumati bu mamlakatning yaqinda 31 trillion dollardan oshib ketgan davlat qarzini hech qachon to‘lamaydi", degan edi Drobinin. 

Shuningdek, u dollar xalqaro hisob-kitoblar, jamg‘armalar va sarmoyalar vositasi sifatidagi rolini yo‘qotayotganini qo‘shimcha qilgandi.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra, dollarning jahon valyuta zaxiralaridagi ulushi 2016 yildagi 65 foizdan 59 foizgacha pasaygani ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, markaziy banklarning AQSH valyutasiga kiritgan real investitsiyalari xuddi shu davrda qariyb uchdan biriga – 5,1 trillion dollardan 6,6 trillion dollargacha oshdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Afrika dedollarizatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing