Rossiya Aerokosmik kuchlari Idlibga zarba berdi

Olam

image

Rossiya Aerokosmik kuchlari Suriyaning Idlib shahriga zarba berdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, aviazarba oqibatida bir nafar tinch aholi vakili jarohatlangan. 

Suriya muxolifatiga ko‘ra, zarba Idlib deyeskalatsiya zonasidagi Mintif qishlog‘ida joylashgan parrandachilik firmasiga tushgan.

Idlibdagi vaziyat

2017 yilning 4-5 may kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasida Suriyada to‘rtta deyeskalatsiya zonasi tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan, shundan uch nafari keyinchalik Asad rejimi nazoratiga o‘tgan.

Hududlar Sharqiy Gutada (Damashq chekkasida), Xoms viloyati shimolidagi ba’zi hududlarda, Idlib viloyatida va qo‘shni viloyatlarning bir qismi (Lazkiye, Xama va Halab)da tashkil etilgan.

5 mart kuni Turkiya va Rossiya Moskvada Idlib bo‘yicha yangi shartnoma imzoladi. Asad rejimi tarafdorlari vaqti-vaqti bilan sulhni buzadi, lekin umuman olganda sulhga rioya qilinadi.

2017-2020 yillarda Asad rejimining hujumlari oqibatida 2 millionga yaqin tinch aholi uylarini tashlab, Turkiya bilan chegaradosh hududlarga qochgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

770

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing