Rossiya Abxaziyadagi 400 o‘zbekistonlikning faqat bir qismiga chegarani ochib beradi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2020
6211O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Abxaziya hududida qolib ketgan 400 nafar o‘zbekistonlikning Vatanga qaytarilishi borasida axborot berdi. Qayd etilishicha, hozircha ularning bir qismini qaytarish uchun ruxsat bor.
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi va Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasiga Abxaziya hududida bo‘lib turgan 400 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarining Vatanga qaytishda ko‘mak berish to‘g‘risidagi murojaatlari kelib tushgan.
Ushbu muammoni zudlik bilan hal etish maqsadida mamlakat tashqi siyosat idorasi Rossiya tomoniga o‘zbekistonliklarni Vatanga qaytarish uchun ularning Rossiya chegarasini kesib o‘tishlariga ruxsat olish yuzasidan yana bir bor tegishli murojaat yuborgan.
Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, yordamga muhtojlar – ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalardan iborat O‘zbekiston fuqarolarining birinchi guruhini shu yilning oktyabr oyi boshlarida O‘zbekistonga qaytarish rejalashtirilmoqda.
Qolgan fuqarolar Rossiya tomonidan Davlat chegarasini tranzit maqsadida kesib o‘tishga ruxsat berilgandan keyin O‘zbekistonga qaytariladi.
LiveBarchasi