Rossiya 4 nafar fuqaroni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi

Olam

image

Rossiya qator jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosini rasmiy Toshkentga topshirdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

“Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi to‘rt nafar fuqaroni jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga topshirdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur fuqarolar turli vaqtlarda Rossiya Federatsiyasi hududida qo‘lga olingan.

Ulardan biri xavfli retsidivist bo‘lib, 2013 yilda ayol kishiga pichoq bilan tahdid qilib, uning buyumlarini o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Bu ham yetmagandek, u ayolni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, uni zo‘rlagani ham qo‘shimcha qilingan. Ekstraditsiya qilinganlarning yana biri Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Nurobod maydonidagi Janubiy kon boshqarmasida ombor mudiri bo‘lib ishlagan va hozirda o‘ziga ishonib topshirilgan mulklarni juda ko‘p miqdorda o‘g‘irlashda ayblanmoqda.

O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolarning uchinchisi firibgarlikda ayblanmoqda. To‘rtinchi fuqaro esa giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanishda aybdor, deb topilgan va o‘ziga tayinlangan jazoni o‘tash uchun O‘zbekistonga qaytarilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ularni ekstraditsiya qilish to‘g‘risida tegishli so‘rovlarni tayyorlagan”, deyiladi xabarda.

Jinoyatda ayblanayotgan fuqarolar maxsus konvoy kuzatuvida O‘zbekistonga olib kelingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

434

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing