Rossiya Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga yetib keldi
Jamiyat
−
30 may 2019 4546 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya 29 may kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng Rossiya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari 30 may kuni Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Yig‘ilish yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Qo‘shma komissiya yig‘ilishi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, unga 2018 yil oktyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida asos solingan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025