Rossiya hududiga kimlar kira olmasligi ma’lum qilindi
Bu qiziq
−
25 yanvar 2021
56667Chet el fuqarolarining Rossiya hududiga kirishini taqiqlashning asosiy sabablari mamlakatda vaqtincha bo‘lish shartlarini buzish va noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishdir. Aynan shu turdagi migrantlar Rossiya hududiga kiritilmaydi. Bu haqda bugun, 25 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi matbuot markazida xabar berildi.
“Chet el fuqarolarining Rossiya Federatsiyasiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishning asosiy sabablari Rossiyada vaqtincha bo‘lish shartlarini buzish, shuningdek, noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishdir”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishcha, ularga nisbatan bunday qaror qabul qilingan chet elliklarning aksariyati Rossiyaga vizasiz kiradigan xorijiy davlatlar fuqarolaridir. Rossiya Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Rossiyaga 189 ming chet ellik, 2019 yilda esa 250 mingdan ortiq odamning kirishi taqiqlangan.
LiveBarchasi