Rossiya hech qachon boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi – Putin
Olam
−
29 Sentabr 2020
9459Rossiya Federatsiyasi hech qachon qo‘shni davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi. Bu haqda 28 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Bilasizmi, biz hech qachon qo‘shnilarimizning ham, boshqa mamlakatlarning ham ichki ishlariga aralashmaymiz. Lekin, har doim vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz", deydi Putin.
Putin, shuningdek, Rossiyada ishlayotgan Qirg‘iziston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash masalasida bir qator qarorlar qabul qilinganini va bu keyinchalik muhokama qilinishini aytdi.
Putin, o‘z navbatida, Qirg‘iziston mamlakatini rivojlantirish uchun Moskva hamma narsa qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning Sooronbay Jeenbekov bilan 28 sentyabr kuni Sochida uchrashishi ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, AQSH Prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden Rossiyaning AQSH ichki ishlariga aralashgani oqibatlari bilan tahdid qilgandi. Agar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Rossiyaning Amerika saylov jarayonlariga aralashganini javobsiz qoldirmasligini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi