Rossiya harbiy ob’ektlariga yaqinlashmang – Zelenskiy Qrim aholisini ogohlantirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim aholisini Rossiya Federatsiyasining harbiy ob’ektlaridan uzoqroq turishga chaqirdi. Bu haqda u kecha, 30 avgust kuni videomurojaatida aytgan.

Qayd etilishicha, Ukraina rahbari Qrim aholisini Rossiya Federatsiyasining harbiy ob’ektlaridan uzoqroq turishga chaqirgan. 

“Bugun men Qrimdagi barcha xalqimizga murojaat qilmoqchiman: iltimos, Rossiya harbiy ob’ektlaridan, aerodromlaridan uzoqroq turing. Qrim tezroq ozod qilinishi uchun, bosqinchilar haqida bilgan barcha ma’lumotlarni Ukraina maxsus xizmatlariga yetkazing", deydi u.

Shu bilan birga, Prezident Zaporoje atom elektr stansiyasi va  Energodar shaxridagi vaziyat o‘ta xavfliligicha qolayotganini ta’kidlagan. 

“Faqat Ukraina Zaporoje stansiyasidagi barcha jarayonlar standartlar va nazoratga muvofiq amalga oshirilishiga kafolat bera oladi. Bu Rossiyaga shunchaki kerak emas”, deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi boshchiligidagi missiya kecha, 30 avgust kuni Kiyevga yetib kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya mart oyi boshida ZAESni egallab oldi, shundan keyin ukrainalik xodimlar stansiyada ishlashda davom etdi. 5 avgust kuni ukrain matbuoti ruslar ZAESga to‘rt marta o‘q uzgani haqida xabar berdi. So‘nggi kunlarda elektr stansiyasi muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, bunda Rossiya va Ukraina bir-birini ayblamoqda. Rasmiy Moskvaga ko‘ra, Ukraina bo‘linmalari tomonidan Zaporoje atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishi yadroviy terrorizm akti va bu Chernobildan ham kattaroq falokatga olib kelishi mumkin.

Zaporoje Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lib, u Ukrainadagi barcha elektr energiyasining chorak qismini ishlab chiqaradi. Qariyb 6 ming megavatt quvvatga ega ushbu inshoot oltita energiya blokidan iborat. Hozirda atom elektr stansiyasi to‘liq quvvatining 70 foizida ishlaydi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing