“Roskosmos” sobiq rahbari Rogozin Donetskdagi mehmonxonada yaralandi

Olam

image

Rossiya kosmik tarmog‘ini boshqaruvchi “Roskosmos” korporatsiyasining sobiq rahbari Dmitriy Olegovich Rogozin Donetskda yaralandi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina xavfsizlik kuchlari joriy yilning 21 dekabr kuni kechqurun Donetskning Lenin tumaniga zarba bergan. Otishma natijasida ikki kishi halok bo‘lganligi hamda yaradorlar borligi aytilmoqda.

Xususan, Ukraina kuchlari Donetskda Dmitriy Rogozin boshchiligidagi bir guruh harbiy maslahatchilar yashaydigan mehmonxonani o‘qqa tutgan. Oqibatda “Roskosmos” korporatsiyasining sobiq rahbari Dmitriy Rogozin umurtqasidan jarohat olgan.

“Donetskning chekkasida so‘nggi oylarda bir guruh harbiy maslahatchilar, shu jumladan Dmitriy Rogozin yashagan mehmonxona o‘qqa tutildi. Dmitriy Rogozin umurtqasidan jarohat oldi va kasalxonaga yotqizildi. Hayotiga nisabat jiddiy xavf yo‘q. Unga hamroh bo‘lgan shaxslar ham turli darajadagi jarohatlar olgan”, deydi Rogozinning yordamchisi.

Bundan tashqari, o‘qqa tutilish oqibatida (tan olinmagan) Donetsk xalq respublikasi hukumati raisi Vitaliy Xotsenko ham jarohat olgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Dmitriy Rogozin joriy yilning iyunida to‘rt yillik faoliyatidan keyin “Roskosmos” rahbari lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o‘rnini Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari vakolatlarini bajarib kelgan Yuriy Borisov egallagan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing