Rossiyada o‘zbekistonlik 6 yoshli qizcha derazadan tushib ketdi
Olam
−
12 yanvar 2023
8534Rossiyada o‘zbekistonlik oilaning olti yoshli qizi ko‘p qavatli uy derazasidan tushib ketdi. Bu haqda “ALLNW.ru” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 10 yanvar kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan. Oqibatda qiz orqa miya shikaslanishi, tos suyaklar sinishi, tanasi ko‘kargan holda kasalxonaga olib ketiladi. Shuningdek, u kasalxonaga kelishi bilanoq reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qizning oilasi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan. Shu paytgacha Santkt-Peterburgda qizning onasi qandolatchi, otasi esa oshpaz bo‘lib ishlab kelgan.
Qizaloq qanday qilib derazadan tushib ketgani noma’lum. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari bu bo‘yicha o‘raganish ishlarni olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiyada o‘zbekistonlik oilaning qizi batareyka yutib yuborib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi