Ronaldusiz o‘tgan o‘yinda Messi jamoasi tor-mor keltirildi

Sport

image

Kecha, 1 fevral kuni Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” hamda Amerikaning “Inter Mayami” klublari o‘rtoqlik uchrashuvida to‘qnash keldi. Ar-Riyoddagi “Kingdom Arena”da bo‘lib o‘tgan bahs 6:0 hisobida Saudiya klubi foydasiga hal bo‘ldi.

Dastlabki daqiqalardan ustunlikni o‘z qo‘liga olgan riyodliklar 15-daqiqaga keliboq, raqib darvozasiga 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ronaldu jamoadoshlari safida gollarga Otavio, Lyaport, Maran va Taliska mualliflik qildi. Braziliyalik futbolchi uchrashuvda xet-trik qayd etib, jamoasi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdii. “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va o‘yinning 83-daqiqasida maydonga tushdi.

Qayd etish joiz, mazkur bahsni portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu jarohati bois o‘tkazib yubordi. “Al-Nasr” 38 yoshli futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamadi va uni qaydnomaga kiritmadi.

Shunday qilib, MLS klubi Saudiyadagi turnesida qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bundan oldin Messi jamoadoshlari “Al-Hilol”ga 4:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Inter Mayami Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing