Ronalduning o‘g‘li Portugaliya terma jamoasidan chaqiruv oldi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Xorvatiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Portugaliya U-15 terma jamoasiga chaqirildi.

Kichik Ronalduning faoliyatida davoitda birinchi marta terma jamoadan chaqiruv oldi. Portugaliya U-15 terma jamoasi Yaponiya, Gretsiya va Angliyadan kelgan tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi.

Kichik Ronaldu “Al-Nasr” yoshlar jamoasida o‘ynaydi, u avvalroq “Pozuelo”, “Yuventus” va “Real Madrid” klublarining akademiyalarida o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, 40 yoshli Krishtianu Ronaldu esa 2023 yildan buyon “Al-Nasr”da to‘p surib kelmoqda. Bungacha tajribali futbolchi “Yuventus”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va Lissabonning “Sporting” klublari sharafini himoya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portugaliya Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing