Ronalduning transfer narxi pastladi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi safida to‘p surayotgan portugaliyalik yulduz futbolchi Krishtianu Ronalduning transfer qiymati 12 million yevrodan 10 million yevroga tushdi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi. 

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik yulduzning qiymati ilk bor 2004 yilda 10 million yevrodan oshgan va hozirga kelib endi faoliyatining so‘ngiga kelib yana shu narxga tushib qoldi.

Ronalduning eng yuqori transfer qiymati 2014 va 2018 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda u 120 million yevroga baholangan. Bu davrda u “Real Madrid” safida ketma-ket yuqori darajada o‘yin ko‘rsatib, Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan.

41 yoshli hujumchi 2025-2026 yilgi mavsumda ham yuqori samaradorlik namoyish etdi. U chempionatda 28 ta gol urib, “Al-Nasr”ning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Joriy yilning 21 may kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 34-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda “Al-Nasr” o‘z maydonida “Damak”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Ronaldu faoliyatida ilk bor Saudiya Arabistoni chempionati g‘olibi bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi “Al-Nasr” safiga 2023 yil yanvar oyida kelib qo‘shilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Transfermarkt” portali Abduqodir Husanovning transfer narxini 15 mln yevroga ko‘tarib, 50 mln yevro etib belgilagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni transfer Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing