Ronalduning Toshkentga kelishi kutilmoqda

Sport

−

image

Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi “Al-Nasr” jamoasi joriy yilning 2 noyabr kuni Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun Krishtianu Ronaldu Toshkentga kelishi kutilmoqda. Bu haqda FIFA’ning sobiq agenti Ravshan Salimov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Avvalroq, portugaliyalik yulduz xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar sababli bunday safarlarda kamdan-kam ishtirok etgani aytilgan edi.

Ravshan Salimov o‘zining Telegram-kanalida “Al-Nasr” menejerlari bilan gaplashganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ronalduning Toshkentga borish-bormasligi bo‘yicha yakuniy qarorni jamoa bosh murabbiyi qabul qiladi.

“Al Nassr” rahbariyati olib borayotgan tashkiliy ishlarga qaraganda Ronaldu Toshkentga keladi”, deya yozadi Salimov.

Ma’lumot uchun, hozirda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Elite Osiyo Chempionlar ligasi ortda qolgan 2 turidan so‘ng 2 ochko to‘plagan holda 9-o‘rinni egallab turibdi. “Al-Nasr” klubi esa 1 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan holda 8-o‘rinni egallab turibdi. Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro o‘yin 4-tur doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing