Ronalduning Toshkentga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
10:50 4453 2 daqiqa
“Paxtakor”ning Elita Osiyo Chempionlar ligasi asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi joriy yilning 2 noyabr kuni o‘z maydonida Krishtianu Ronaldu o‘ynaydigan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasini qabul qiladi.
Uchrashuv 4-tur doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Shu tariqa, Ronalduning O‘zbekistonga navbatdagi tashrifi sanasi ham ma’lum bo‘ldi.
Bu portugaliyalik yulduzning Toshkentga ikkinchi tashrifi bo‘lishi mumkin. Ronaldu so‘nggi marta 2009 yil 22 dekabrda ham O‘zbekiston poytaxtiga kelgan edi.
“Paxtakor”ning Elit Chempionlar Ligasidagi taqvimi quyidagicha:
- 1-tur, 14 sentyabr
- “Al-Ahli” – “Paxtakor”
- 2-tur, 12 oktyabr
- “Paxtakor” – “Al-Qodisiya”
- 3-tur, 26 oktyabr
- “Eyr Fors” – “Paxtakor”
- 4-tur, 2 noyabr
- “Paxtakor” – “Al-Nasr”
- 5-tur, 23 noyabr
- “Al-Ittihod” – “Paxtakor”
- 6-tur, 7 dekabr
- “Paxtakor” – “Traktor”
- 7-tur, 8 fevral
- “Paxtakor” – “Istiqlol”
- 8-tur, 15 fevral
- “Al-Hilol” – “Paxtakor”
Shunday qilib, agar Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” tarkibida maydonga tushsa, o‘zbekistonlik muxlislar uni joriy yilning 2 noyabr kuni Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda jonli ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ronalduning aynan ushbu uchrashuvda ishtirok etishi esa hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Live
Barchasi