Ronalduning terma jamoa safida bo‘lishi jiddiy yutuq – Martines
Sport
−
11 iyun
2239Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines terma jamoaning 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
“U erishgan narsaga ko‘p o‘yinchilar erisha olmadi. Ronaldu ko‘p jihatdan namuna bo‘lib xizmat qiladi. Milliy terma jamoasi safida 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan yagona futbolchi bo‘lishi ham jiddiy yutuq. Krishtianu haqida meni doim hayratda qoldiradigan narsa bu uning yoshiga nisbatan qarshi tura olishidir. Har bir mashg‘ulotdan so‘ng, men va hamkasblarim hamma narsaga erishgan, mashg‘ulotlarda mustaqil ravishda yuklamalarni o‘ziga ravo ko‘ra oladigan futbolchida g‘alaba qozonish ishtiyoqini ko‘rib hayratda qolamiz. Terma jamoaga kelgan yosh o‘yinchilar o‘zlari hurmat qilgan inson, futbolchi va kumirni ko‘radi. Agar Pepe va Ronaldu kabi futbolchilar o‘rnak bo‘lib, o‘z tajribalari bilan namuna bo‘lsalar, bu o‘sib kelayotgan avlod uchun ancha foydali bo‘ladi”, deydi Martines.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 200 tadan ortiq o‘yinda maydonga tushib, 128 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan. U terma jamoasi bilan birgalikda Yevro-2016 va 2019 yilgi UEFA Millatlar ligasida g‘olib bo‘lgan. Ronaldu 6-marotaba Yevropa chempionatida ishtirok etadi.
LiveBarchasi