Ronalduning milliy chempionatlardagi gollari soni 500 dan oshdi
Sport
−
10 fevral 2023 8850 1 daqiqa
“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy chempionatlarda gol urish bo‘yicha besh yuzlik dovonni oshib o‘tdi. Saudiya Arabistoni chempionatining 16-turidan o‘rin olgan “Al-Vahda” bilan o‘yinda Ronaldu poker qayd etdi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Ronaldu hisobni ochdi. Bu to‘p uning milliy chempionatlardagi 500-goli bo‘ldi. O‘yin davomida Krishtianu raqib darvozasiga yana uchta gol urib, chempionatlarda kiritgan gollari sonini 503 taga yetkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2022 yilning dekabr oyi oxirida “Al-Nasr”ga o‘tgandi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Uning transfer narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Ronaldu uchta o‘yinda qatnashib, beshta gol urdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr