Ronalduning Mbappega yozgan izohi ijtimoiy tarmoqlar rekordini o‘rnatdi

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning fransiyalik Kilian Mbappening Instagram'dagi posti ostidagi izohi layklar soni bo‘yicha ijtimoiy tarmoq rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

3 iyun kuni Mbappe Ispaniyaning “Real Madrid” klubiga o‘tdi. Transfer e’lon qilingandan so‘ng, futbolchi “qirollik klubi” atributlaridagi bolalikdagi fotosuratlarini Instragram'ga joylashtirdi, postda Mbappening Ronaldu bilan tushgan surati ham bor. 

Portugaliyalik futbolchi izohlar bo‘limiga “Endi kuzatish navbati meniki. Men seni “Santyago Bernabeu”ni larzaga keltirayotganingni ko‘rishni xohlayman. Hala Madrid”, deb yozib qoldirdi.

Ronalduning ushbu izohi 5 milliondan ortiq layk oldi.

Ma’lumot uchun. Mbappe 25 yoshda. U oxirgi mavsumni  PSJda o‘tkazdi. U Parij klubi tarkibida besh karra Fransiya chempioni, uch karra mamlakat kubogi va superkubogi sohibiga aylandi va ikki marta Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Futbolchi o‘z vaqtida Fransiyaning boshqa bir klubi “Monako”da ham o‘ynagan, u yerda Kilian Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Fransiya terma jamoasi bilan birgalikda Jahon chempionati g‘olibi (2018) va kumush medali (2022) sohibiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing