Ronalduning kelajagi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
26 iyun 2025 14941 1 daqiqa
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida kamida yana bir yil qoladi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, tomonlar keyingi yilning iyunigacha amal qiluvchi 1+1, ya’ni shartnomani 1 yilga uzaytirish imkoniyati bilan unga imzo chekish arafasida. Bu boradagi muzokaralar deyarli yakunlangan va rasmiy hujjatlar tayyorlanmoqda.
Ma’lumot uchun, 40 yoshli Ronaldu 2023 yildan buyon “Al-Nasr” sharafini himoya qilmoqda, biroq u bilan klub hozircha biror muhim sovrinni qo‘lga kiritmagan. O‘tgan mavsumda u 41 o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchining o‘zi ham kelajakda qayerda o‘ynashi borasidagi savollarga javob berib, riyodliklar klubida qolishni rejalashtirayotganini va jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor ekanini aytgandi.