Ronalduning “Al-Nasr”ga o‘tgani Masharipovning zarariga ishlashi mumkin

Sport

image

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Al-Nasr"ga o‘tgach, o‘zbekistonlik  futbolchi Jaloliddin Masharipov klubni tark etishi mumkin. Bu haqda "Al-Midan" nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Masharipovga Saudiyaning ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Mamlakat chempionatida 5-o‘rinda borayotgan "Al-Tavon" va autsayderlar qatorida yurgan "Al-Hilol" O‘zbekston terma jamoasi a’zosi xizmatlariga befarq emas. Masharipovning tranfseri bo‘yicha yakuniy qarorni klub bosh murabbiyi Rudi Garsiya qabul qiladi. 

Jalolliddin Masharipov "Al-Nasr"ning so‘nggi o‘yinlarida qaydnomaga kiritilmayapti, shuningdek Ronaldu Saudiya klubiga o‘tgach, Masharipovning raqamida to‘p suradigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Masharipov joriy "Al-Nasr" safida bitta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

991

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing