Ronalduning “Al-Nasr” bilan qancha muddatga shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiyaning "Al-Nasr" klubi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolaydi. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 37 yoshli portugaliyalik ikki yarim yilni klub futbolchisi sifatida o‘tkazadi, so‘ngra 2030 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi bo‘layotgan Saudiya Arabistonining elchisi o‘laroq ish olib boradi.  

Ronaldu va "Al-Nasr" o‘rtasidagi kelishuv yaqin vaqt ichida tuzilishi kutilmoqda.

Shartnomaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi yiliga 200 million yevro maosh oladi. Hozircha uning 2030 yilgi Jahon chempionati elchisi sifatida qancha maosh olishi ma’lum  emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

800

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing