Ronaldu Jorjinaga turmushga chiqishni taklif qildi

Olam 30314
image

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodrigesga oila qurishni taklif qildi. Bu haqda “El Mundo” xabar berdi.

Ronaldu va Rodrigesning munosabatlari 2016 yildan beri davom etyapti.

2017 yilda Jorjina va Krishtianu qiz farzandli bo‘lishgan. Ronalduning surrogat onadan ham uchta farzandi bor. Besh karra “Oltin to‘p” sohibi mavsum yakunlangach, ta’tilga chiqqanida sevgilisiga uylanishni taklif qilgan. Jorjina ziyofat uyushtirib, unga futbolchining do‘stlarini chaqirgan. Ushbu tadbir davomida Ronaldu Rodrigesga oila qurishni taklif qilgan, qiz esa rozi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, tadbirda juftlikning qarindoshlari ishtirok etishmagan, ular yaqin orada to‘y qilishni ham rejalashtirmayapti. 

O‘tgan mavsumda 35 yoshli futbolchi “Yuventus” tarkibida 46 ta uchrashuv o‘tkazgan va 37 ta gol urgan.

Rushanabonu Sultonova

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1380
Reyting: 3
t
×