Ronaldu JCH-2022 ning ofsaydlar peshqadami bo‘ldi
Sport
−
07 dekabr 2022
3666Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022 da eng ko‘p ofsayd holatini qayd etgan. Bu haqda "Chempionat" nashri xabar berdi.
Kecha, 6 dekabr kuni jahon chempionatining 16-turidan o‘rin olgan turnirda Portugaliya va Shveysariya bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning birinchi taymida hujumchi Ronaldu zaxira o‘rindig‘ida edi, maydonga tushgandan so‘ng, ikkinchi bo‘limning 83-daqiqasida u raqib darvozasiga to‘p yo‘lladi, ammo yaqqol ofsayd holati kuzatilgani tufayli gol hisoblanmadi.
Ronaldu 1/8 finalning barcha o‘yinlari yakuniga ko‘ra, ofsayd zarbalari soni (7) bo‘yicha turnirda peshqadamlik qilmoqda. Ofsaydda urgan 5 goli bilan Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata esa ikkinchi o‘rinda turibdi.
Ta’kidlash joiz, Krishtianu Ronaldu joriy Jahon chempionatida bitta golga mualliflik qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 10 dekabr kuni chorak finalda Portugaliya terma jamoasi Marokash jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Mushtariy G‘aniyeva
LiveBarchasi