Ronaldu JCH–2022 favoritlarini aytdi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH–2022da qaysi jamoalarni favorit deb bilishini aytib o‘tdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

“Men Braziliya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya va Argentina terma jamoalarini  turnirning favoritlari deb bilaman. Bu jamoalarning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati boshqa ishtirokchilarga qaraganda yuqori. Ammo Portugaliya yaxshi natija qayd etishi mumkinligini isbotlab bo‘ldi”, deydi 37 yoshli futbolchi. 

Ma’lumot o‘rnida, Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatini Ganaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv 24–noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Fernando Santush shogirdlari guruhda Urugvay va Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing