Ronaldu zamonaviy futbolning eng yaxshi uch futbolchisini aytdi
Sport
−
08 aprel
3022“Oltin to‘p”ning besh karra sohibi, Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubidan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu zamonaviy futbolning eng yaxshi uch nafar futbolchisi aytdi.
“Ehtimol, o‘zimni, Lionel Messi va Zinedin Zidanni kuchli uchlik ro‘yxatiga kiritgan bo‘lardim”, deydi Ronaldu.
Ronaldu joriy mavsumda “Al-Nasr” safida barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 12 million yevroni tashkil qiladi.
Qayd etish joiz, Lionel Messi MLSda “Inter Mayami”da o‘ynamoqda, Zinedin Zidan esa professional futbol faoliyatini yakunlagan.
LiveBarchasi