Ronaldu “Yunayted”dan ketish fikridan qaytmagan

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu hamon ingliz klubini tark etish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda “Manchester Evening News” nashri xabar berdi.

Ronaldu “Manchester Yunayted” rasmiylariga o‘tgan yozda o‘zini transferga qo‘yish to‘g‘risida ariza topshirgan va 37 yoshli futbolchi ushbu arizasini qaytarib olmagan. Sababi Krishtianu qishki transfer oynasida yana bir bor “qizil iblislar” safini tark etishga urinib ko‘radi.

Qayd etish kerakki, Ronaldu yozgi transfer oynasida “Manchester Yunayted”ni tark etib, Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Portugaliyalik futbolchi faoliyatini “Barselona”, “Pari Sen-Jermen”, “Atletiko Madrid” va “Chelsi” kabi klublarda davom ettirishi mumkinligi aytildi. Biroq hech qaysi klub Ronalduni sotib olish uchun rasmiy taklif yubormadi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Manchester Yunayted”da 2021 yildan buyon to‘p suradi. Portugaliyalik hujumchi va klub o‘rtasidagi shartnoma 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Ronaldu “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing