Ronaldu yana Globe Soccer Awards’ga da’vogarlik qilmoqda
Sport
−
14 noyabr 2024 3501 1 daqiqa
“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2024 yilgi Globe Soccer Awards mukofotiga Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida nomzod bo‘ldi.
Ronaldudan tashqari Salem Al-Davsariy (“Al-Hilol”), Murod Batna (“Al-Fateh”), Kaku (“Al-Ayn”), Riyod Mahrez (“Al-Ahli”), Sergey Milinkovich-Savich (“Al-Hilol”) va Sufyon Rahimiy (“Al-Ayn”) sovringa da’vogarlik qilmoqda.
Qayd etish joiz, Krishtianu Ronaldu o‘tgan yil oxirida Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan edi. Portugaliyalik futbolchi 2023 yil qishidan buyon “Al-Nasr” safida to‘p surmoqda. U faoliyati davomida “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Real Madrid” va “Sporting” klublarida o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Globe Soccer Awards'ning boshqa nominatsiyalari bo‘yicha nomzodlar e’lon qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025