Ronaldu yana bir rekord muallifiga aylandi

Sport

image

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilib, Yevropa chempionati rekordini o‘rnatdi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu hujumchining faoliyatidagi oltinchi turniri bo‘ladi va bu yangi rekord hisoblanadi. Bu borada Ronaldu beshta Yevropa chempionatida ishtirok etgan ispaniyalik Iker Kasilyasni ortda qoldirdi. Hujumchi birinchi marta aynan Portugaliya mezbonlik qilgan Yevro-2024'da qatnashgan.

Qayd etish joiz, Krishtianu 128 ta gol bilan terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Yevropa chempionatida Portugaliya terma jamoasi Turkiya, Chexiya va Gruziyaga qarshi bir guruhdan joy olgan. Roberto Martines shogirdlari turnirdagi ilk o‘yinni 18 iyun kuni Leypsigda Chexiyaga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Portugaliya terma jamoasining Yevro-2024 uchun qaydnomasi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu rekord Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made