Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 19 yanvar kuni BAAning Dubay shahrida  Globe Soccer Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda “Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu 2023 yilda Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shuningdek, Ronaldu o‘tgan yilning eng yaxshi to‘purari sifatida Maradona mukofotini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, Ronaldu muxlislar fikriga ko‘ra ham eng yaxshi futbolchi sovriniga ega chiqdi.

Umumiy hisobda Ronaldu o‘tgan yili 54 ta gol urib, dunyoning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Saudiya Arabistoni Pro-ligasining joriy mavsumida 38 yoshli Krishtianu Ronaldu 18 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portugaliya Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing