Ronaldu va Jorjinaning muhabbatiga ko‘z tegdi
Sport
−
27 aprel 2023 60284 1 daqiqa
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodriges bilan ajrashishi mumkin. Bu haqda “Azxeber.com” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, juftliklar o‘rtasida qator muammolar bor. Qayd etilishicha, Ronaldu sevgilisi Jorjina juda ko‘p pul sarflayotganidan norozi.
Agar Ronaldu Jorjina bilan ajrashsa, futbolchi sevgilisiga 350 million yevro tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu Ronalduning umumiy boyligining 35 foizini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq advokat Nouf bin Ahmad Saudiya prokuraturasiga Krishtianuni hibsga olish va mamlakatdan deportatsiya qilish bo‘yicha so‘rov yubormoqchiligini ma’lum qilgandi. Bunga Ronalduning saudiyalik muxlislarga odobsiz ishora ko‘rsatgani sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025