Ronaldu va Jorjina ajrashyaptimi? Model gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges 38 yoshli hujumchi bilan munosabatlarining yomonlashgani haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

“Hasadgo‘ylar uydirmalar o‘ylab topadi, g‘iybat tarqatadi, ahmoqlar esa ularga ishonadi”, deb yozdi Jorjina ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rodriges bilan 2016 yildan buyon davom etib kelayotgan bu munosabatlardan “to‘ygani” sababli juftlik og‘ir kunlarni boshidan kechirayotgani haqida xabar berilgandi. 

Krishtianu va Jorjina munosabatlari ancha vaqtdan beri davom etayotganiga qaramay, ular hali rasman er-xotin emas. Hozirda Ronaldu va Jorjina 5 nafar farzandga ota-onalik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made