Ronaldu va Messi birga o‘ynashi mumkin

Sport

image

Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Karlos Teves faoliyatidagi xayrlashuv o‘yinini “Boka Xuniors”ning “La Bombonera” stadionida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Unda Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ham ishtirok etishi mumkin. Bu haqda “BolaVIP” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Teves dunyo futbolida birga o‘ynagan sobiq jamoadoshlari va do‘stlaridan iborat katta ro‘yxatni tuzmoqda. Ular orasida Messi, Ronaldu, Ueyn Runi, Andrea Pirlo, Edvin van der Sar, Rio Ferdinand, Nemanya Vidich, Patris Evra va boshqa yulduzlar bor. Endilikda ushbu futbolchilar bilan birgalikda Teves ko‘rgazmali xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazmoqchi. O‘yin joriy yilning 19 dekabr kuni o‘tkazilishi reja qilingan.

ESPN’ga bergan intervyusida Teves ikki futbolchini xayrlashuv o‘yinida bir jamoaga jamlash niyati borligini aytgan.

Ma’lumot uchun, Teves 2022 yilda professional futboldagi faoliyatini yakunlagan. U Messi bilan Argentina terma jamoasida, Ronaldu bilan esa “Manchester Yunayted”da birga o‘ynagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing