Ronaldu uzoq tanaffusdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytdi

Sport

image

Turinning “Yuventus” jamoasi futbolchisi, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu 72 kundan so‘ng o‘z klubining mashg‘ulotlar bazasiga qaytdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya A Seriyasi qachon boshlanishi noma’lum bo‘lsada, jamoalar mashg‘ulotlarni davom ettirishga kirishgan.

Kecha, 19 may kuni “Yuventus”ning portugaliyalik yulduzi Ronalduni klubning Kontinassa shahridagi mashg‘ulotlar bazasiga kirib ketishayotganining guvohi bo‘lishgan.

“Corriere dello Sport” nashrida futbolchi mashg‘ulotlarga kirishishdan oldin ba’zi jismoniy sinovlardan o‘tishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu Italiyada koronavirus tarqalishidan oldin Portugaliyaga jo‘nab ketgan edi. A Seriya bahslari esa 9 martdan to‘xtatilgandi. Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte 18 maydan e’tiboran mamlakatdagi futbol jamoalari mashg‘ulotlarga qaytishini e’lon qildi. Shu kuni Italiya futbol federatsiyasi A Seriyada o‘yinlar 14 iyungacha boshlanmasligini ma’lum etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing